Jahon | 16:51 / 31.08.2015
3921
1 daqiqa o‘qiladi

2 sentabrda Qozog‘istondan 500-Soyuz raketasi uchiriladi

Qozog‘istondagi Boyqo‘ng‘ir kosmodromining “Gagarin” maydonida Soyuz-FG tashuvchi raketasi o‘rnatildi. U Soyuz TMA-18M kemasini fazoga olib chiqadi.
Ma'lum qilinishicha, yangi ekspeditsiya parvozi o‘ziga xos yubileyga aylanadi: 2 sentabr kuni fazoga Soyuz tipidagi 500-raketa uchiriladi.

Uning asosiy ekipaji rossiyalik fazogir Sergey Volkov, Yevropa kosmik agentligi astronavti Andreas Mogensen va Kazkosmos fazogiri Oydin Aimbetov.
Morgensen va Aimbetov Yerga 12 sentabr kuni qaytadi

Xalqaro kosmik stansiyada ekspeditsiyani rossiyaliklar Gennadiy Padalka, Mixail Korniyenko va Oleg Kononenko, amerikaliklar Skott Kelli va Chell Lindgren, shuningdek, yaponiyalki fazogir Kimiya Yuilar kutmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish