Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Moskva shahridagi markaziy masjid Qurbon hayitida ishga tushadi
1904 yilda foydalanishga topshirilgan Moskva markaziy masjidi binosi 2015 yilda to‘liq buzib tashlanib, o‘rniga olti qavatli yangi bino barpo etildi. Oltita ulkan lift bilan ta'minlangan masjidning umumiy maydoni 18900 kvadrat metrga kengaytirildi. Bunga qadar esa uning maydoni 964 kvadrat metrni tashkil etar edi. Minoralarining balandligi 72 metr bo‘lib, Ufa masjididan so‘ng ikkinchi o‘rinda turadi. Gumbazining balandligi esa 46 metrni tashkil etadi.
Rekonstruksiya ishlari yakuniga yetganidan so‘ng bu yerda bir vaqtning o‘zida 10 ming namozxon o‘z ibodatini ado etishi mumkin.
Masjidning ochilish marosimi Qurbon hayiti kuni — 2015 yilning 23 sentabrida bo‘lib o‘tishi belgilangan.








Suratlar muallifi Yuriy Shilov, maxsus kun.uz sayti uchun.