Jahon | 19:24 / 03.09.2015
8608
2 daqiqa o‘qiladi

“Domodedovo”dagi yong‘indan fotosuratlar

Bugun Moskva shahridagi “Domodedovo” aeroportining yukxonasida yong‘in kelib chiqdi. Yong‘in maydoni bor-yo‘g‘i 15 m maydonni qamrab olgan bo‘lsa-da, tutun tufayli aeroport binosidan yo‘lovchilar va personal, jami 3 ming kishining evakuatsiya qilinishi katta to‘polonni keltirib chiqardi. Bu esa ijtimoiy tarmoqlarda aks etmay qolmadi.

Ijtimoiy tarmoqlarda voqea joyidan tushirilgan ko‘plab suratlar va videolavhalar paydo bo‘ldi. Shuningdek, bo‘lib o‘tgan ko‘ngilsizlikka, aeroport ma'muriyatining xatti-harakatlariga baho berildi.

Mahalliy vaqt bilan ertalab soat 9:00da yong‘in o‘chirilib, yo‘lovchilar binoga qaytarildi. Bu davr ichida 41 chiquvchi reys ushlab qolindi. Aeroport kiruvchi reyslarni qabul qilishda davom etdi. Hech kimga ziyon yetmagani aytilmoqda.

Aniqlanishicha, yong‘in yukxonadan o‘tgan mis simlardan kelib chiqqan qisqa tutashuv natijasida yuzaga kelgan.