Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kanadalik ayol Apple Watch’dan kuyib qolganini aytdi
Kanadalik ayol Apple’ning Kanadadagi do‘koniga murojaat qilib, Apple Watch “aqlli” soatlari uning qo‘lini kuydirganini aytdi. Bu haqda The Daily Mail nashri yozmoqda.
48 yoshli Enni Xoanning ta'kidlashicha, u mashinada ketayotganida ayolning soat taqilgan qo‘li 7 soat mobaynida quyosh ostida turgan. Buning natijasida metall korpus qizib ketib, bilakda kuyish hosil qilgan.
Ayol do‘kondan soatni qaytarib olib, pulini berishni talab qilgan edi, ammo sotuvchilar kuyish soatdan noto‘g‘ri foydalanish natijasida kelib chiqqanini ro‘kach qilib, soatni qaytarib olishdan bosh tortdi. Bunga qadar Xoan 3 oy mobaynida soatni taqib yurgan, lekin jarohat olmagan.

Ayolning ta'kidlashicha, do‘konga uchinchi tashrifidan so‘ng Apple Store menejyeri soat pulini qaytarib berishga rozi bo‘lgan. U soatni almashtirib berishni taklif qilgan, lekin ayol rozi bo‘lmagan.

Kompaniya rasmiylari hozircha bu voqeaga hech qanday munosabat bildirmadi.