Sport | 20:16 / 07.09.2015
4487
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston milliy terma jamoasi Filippinda o‘yinoldi rasmiy mashg‘ulotini o‘tkazdi

Bilasiz, ertaga 8 sentabr kuni Toshkent vaqti bilan saot 17:00da Samvel Babayan boshchiligidagi O‘zbekiston milliy terma jamoasi Jahon chempionati-2018 ikkinchi saralash bosqichi 4-tur uchrashuvlari doirasida Filippin terma jamoasiga qarshi maydonga chiqadi.
O‘FF rasmiy tvitterining yozishicha, terma jamoamiz bugun Philippines Arena stadionida rasmiy mashg‘ulot o‘tkazdi.
Mashg‘ulot o‘tgan Philippines Arena o‘yingohi joylashgan Bokayu Sitidagi shahrida mashg‘uloti payti kuchli yomg‘ir yog‘di.