Jamiyat | 17:28 / 10.09.2015
4524
1 daqiqa o‘qiladi
Foto: Yaponiya qo‘g‘irchoqlari va gravyuralari ko‘rgazmasi
10 sentabr kuni O‘zbekiston Tasviriy san'at galereyasida Yaponiya qo‘g‘irchoqlari va gravyuralari ko‘rgazmasi ish boshladi. "Gazeta.uz" nashri fotomuxbiri ko‘rgazmaning ochilish marosimida ishtirok etdi va fotojamlanma ishladi.
Qadim zamonlardan beri Yaponiya kundalik hayotining bir bo‘lagi bo‘lib kelgan qo‘g‘irchoqlar ko‘rgazmasi 14 ta guruhga bo‘lingan 70ta eksponatni o‘z ichiga oladi.
«Edoning 100ta mashhur ko‘rinishi» gravyuralari ko‘rgazmasi XIX asrda yashab ijod qilgan taniqli yapon rassomi Hirosage Utagavaning (1797-1858) Edo shahriga (Tokioning eski nomi) bag‘ishlangan reproduksiyalar turkumidan iborat.
Ko‘rgazma 3 oktabr kunigacha davom etadi.