Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bundesligada 4 tur o‘yinlari boshlandi
FIFA kunlari munosabati bilan bir haftalik tanaffusga chiqqan bundesligada ham mavsum o‘yinlari davom ettirildi.
4 turni 11 sentabr kuni Menxengladbaxning "Borussiya" jamoasi "Gamburg"ni qabul qilgan o‘yin orqali boshlandi. O‘tgan mavsumni kuchli uchlikda yakunlagan "Borussiya M" yangi mavsumni o‘ta muvaffaqiyatsiz boshlagan, o‘tkazilgan 3ta turda ham mag‘lub bo‘lgan holda, jadvalning eng quyi qismidan joy olgandi. "Gamburg"ga qarshi o‘yinda ham ahvol o‘zgarmagani ko‘rinib qoldi, jamoa o‘z muxlislari ko‘z o‘ngida 0:3 hisobida mag‘lub bo‘ldi.
"Gamburg" bu g‘alabadan keyin 6 ochko bilan 7chi o‘ringa ko‘tarilib oldi.
11 sentabr
Borussiya M – Gamburg 0:3 (0:2, 0:1)
Gollar: 0:1 – 11 Lasogga, 0:2 – 44 Lasogga, 0:3 – 52 Myuller.
Borussiya M – Zommer, Korb, Shtrantsl (Daxud, 65), Brauvers (Drmich, 55), Vendt, Shtindl (Traore, 55), Nordtveyt, Yanchke, Azar, Xan, Raffael.
Gamburg – Drobni, Dikmayyer, Djuru (Kleber Reys, 88), Kachar, Ostjolek, Ekdal, Xoltbi, Myuller (Gregorich, 83), Xunt (Dias, 81), Ilichevich, Lasogga.
Ogohlantirishlar: Ekdal (35), Yanchke (58), Daxud (88).

12 sentabr kungi o‘yinlar
Gannover 96 – Borussiya D
Bugun bundesligada turning asosiy o‘yinlari o‘tkaziladi. Peshqadam jamoalardan biri "Borussiya D" safarda "Gannover 96" bilan o‘ynaydi. Dortmundliklarning asosiy futbolchisi Roys jarohat tufayli bu o‘yinni o‘tkazib yuboradi. Mavsumda yaxshi o‘yin ko‘rsata olmayotgan mezbonlarning bu o‘yindagi imkoniyatlari ham yuqori baholanmayapti.

Bavariya – Augsburg
Yana bir nemis giganti "Bavariya" o‘z maydonida "Augsburg"ni qabul qiladi. Mezbonlarning yetakchilaridan biri Robben jarohat tufayli maydonga tusha olmaydi, lekin uning o‘rniga Kosta maydon markazida yetakchilik qilishi mumkin. Myunxenliklar "Borussiya D" jamoasi bilan 9tadan ochko to‘plagan holda turnir jadvalida karvonboshilik qilib turibdi.

Ingolshtadt-04 – Volfsburg
Germaniyaning yana bir kuchli jamoasi "Volfsburg" \sa safarda mavsum debyutanti "Ingolshtadt-04" jamoasi bilan o‘ynaydi. Jamoani yetakchi futbolchilardan biri Kevin de Bryuyuyne tark etgan, lekin u qatnashmagan turlarda ham "bo‘rilar" yaxshi natijalar qayd etishdi va peshqadamlarni ta'qib qilib bormoqda.

Bu turda shuningdek, "Ayntraxt F" – "Keln", "Shalke-04" – Maynts", "Xoffenxaym-1899" – "Verder", "Bayyer" – "Darmshtadt", "Gerta" - "Shtutgart" bahslari o‘tkaziladi.