Sport | 14:59 / 12.09.2015
3265
2 daqiqa o‘qiladi

Ispaniya chempionatida 3 tur boshlandi

11 sentabr kuni "Levante" va "Sevilya" bahsi orqali La Ligada 3 turga start berildi.
"Levante" jiddiy raqibdan ochko tortib ola oldi va endilikda bu ikki jamoa 2tadan ochko bilan 13 va 14 o‘rinlarda joylashgan.

Levante – Sevilya 1:1 (0:1, 1:0)
Gollar: 0:1 – 12 Nzonzi, 1:1 – 58 Kamarasa.
Ogohlantirishlar: Kakuta (5), Konoplyanka (38), Morales (62), Tremulinas (63), Xuanfran (81), Gilas (82)

Bugun turning asosiy o‘yinlari bo‘lib o‘tadi.

"Espanol" - "Real"

Dastlab Kataloniyaning ikkinchi jamoasi "Espanol" Madridning "Real" jamoasini qabul qiladi. Bu o‘yin arafasida madridliklarning asosiy o‘yinchilaridan biri Xames Rodriges jarohat olgan. O‘yin Toshkent vaqti bilan soat 19:00da boshlanadi.

"Sporting Xixon" - "Valensiya"

Liganing yana bir kuchli jamoalaridan biri "Valensiya" bu turni debyutant "Sporting Xixon" maydonida o‘tkazadi. Ikki jamoa ham o‘tgan turlarda faqat durang natijalar qayd etgan.

"Atletiko" - "Barselona"

Turning markaziy bahsi Madridda "Atletiko" va "Barselona" o‘rtasida o‘tkaziladi. Bu o‘yin Toshkent vaqti bilan soat 23:30da boshlanadi va «NTV + Futbol 2» kanali orqali jonli ravishda efirga uzatiladi.

Ushbu turdan shuningdek, "Betis" – "Real Sosedad", "Granada – "Vilyarreal", "Atletik" – "Xetafe", "Selta" – "Las-Palmas", "Malaga" – "Eybar", hamda "Rayo Valekano" – "Deportivo" bahslari o‘rin olgan.

Ayni vaqtda turnir jadvalining eng yuqori 2 o‘rnida kutilmagan ravishda "Selta" va "Eybar" jamoalari joylashgan.