Fan-texnika | 17:59 / 15.09.2015
5552
1 daqiqa o‘qiladi
Toyota Nissan Juke raqobatchisini taqdim etdi
Frankfurt avtosaloni chog‘ida Yaponiyaning Toyota kompaniyasi CH-R kontsept-karining yangilangan versiyasini taqdim qildi. Uning birinchi versiyasi Parij avtosalonida 2014 yili namoyish etilgan edi. Yangi versiya esa konveyerga qo‘yiladigan va Nissan Juke’ga raqobatchi bo‘ladigan kompakt krossoverning prototipi bo‘ldi.
Kontsept TNGA nomli yangi platformada qurilgan bo‘lib, ta'kidlanishicha, uning arxitekturasi amaldagi modellarnikidan 35-65 foizga mustahkamroqdir.
Toyota CH-R gibrid kuch qurilmasiga ega. Uning tarkibiga benzinli dvigatel, mutlaqo yangi elektromotor va yengillashtirilgan akkumulyatorlar bloki kiradi.
Kompakt krossoverning tovar versiyasi 2016 yil bahorida Jyeneva avtosalonida taqdim etilishi kutilmoqda.