Sport | 17:58 / 18.09.2015
7662
1 daqiqa o‘qiladi

Futbol bo‘yicha JCh-2018 boshlanishiga 1000 kun qoldi

2018 yilgi jahon chempionati boshlanishiga qolgan muddatni ko‘rsatib turuvchi orqaga harakatlanuvchi soat Rossiya poytaxti Moskva shahridagi Manej maydoniga joylashtirildi. Bu haqda RIA «Novosti» axborot agentligi xabar tarqatdi.

Mazkur soat chempionat boshlanishiga roppa-rosa 1000 kun qolganida o‘z harakatini boshladi.

Ma'lumot uchun, Rossiyada bo‘lib o‘tadigan jahon chempionati musobaqalari 2018 yilning 14 iyun-15 iyul kunlari bo‘lib o‘tadi.

Uchrashuvlar Moskva, Kaliningrad, Sankt-Peterburg, Volgograd, Qozon, Nijniy Novgorod, Samara, Saransk, Rostov-na-Don, Sochi va Yekaterinburg shaharlarida bo‘lib o‘tadi.