Chevrolet Camaro avtomobili Nyurburgringdagi sinov trassasiga olib chiqildi
Worldcarfans nashrining ixtiyoriga yangi avlod Chevrolet Camaro’ning eng kuchli versiyasi ZL1 avtomobilining fotosuratlari kelib tushdi. Suratlar Germaniyadagi Nyurburgring sinov trassasidagi sinovlar paytida tasvirga olindi.
Camaro ZL1 kuzovning tajovvuzkor ko‘rinishdagi old qismi, kengaytirilgan yon “yubkalar”, o‘zgacha orqa bamper va yukxona bo‘limi qopqog‘idagi spoyler bilan jihozlandi.
Yangi avtomobil Corvette Z06 superkariga o‘rnatiladigan 6,2 litrli 8 silindrli motor bilan jihozlanishi taxmin qilinmoqda. Eng ekstremal “Korvete”da bu motor 650 ot kuchiga erisha oladi, biroq Camaro ZL1 uchun u 600 ot kuchigacha biroz kuchsizlantiriladi.
Avvalroq Chevrolet kompaniyasi standart variantdagi Camaro’ning dinamik ko‘rsatkichlarini ma'lum qilgan edi.
Bu avtomobilning 455 ot kuchiga ega 6,2 litrli dvigatel va 8 pog‘onali “avtomatik” uzatmalar qutisi bilan jihozlangan hozirgi eng qimmatbaho SS versiyasi joyidan soatiga 96 km tezlikka 4 soniyada erisha oladi.