Jahon | 19:13 / 23.09.2015
7381
2 daqiqa o‘qiladi

Ijtimoiy tarmoqlardan reportajlar: Moskvadagi Markaziy masjidning yangi binosi

Xabaringiz bor, 23 sentabr kuni Rossiya poytaxti Moskva shahridagi Markaziy masjid yangi binosining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

1904 yilda foydalanishga topshirilgan Moskva Markaziy masjidi binosi 2015 yilda to‘liq buzib tashlanib, o‘rniga olti qavatli yangi bino barpo etildi. Uning umumiy maydoni 18900 kvadrat metrgacha kengaytirildi. Minoralari balandligi 72 metr, gumbazining balandligi esa 46 metrni tashkil etadi.

Mazkur masjid binosi asosan hayriya yo‘li bilan bunyod etilgan bo‘lib, mazkur maqsadlar uchun 170 mln dollarga yaqin mablag‘ jamlandi.

Masjidning ochilish marosimida Rossiya prezidenti Vladimir Putin, Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev, Falastin yetakchisi Mahmud Abbos hamda Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an, shuningdek, AQSh, Fransiya, Britaniya elchilari ham ishtirok etdi.

Rekonstruksiya ishlari yakuniga yetganidan so‘ng bu yerda bir vaqtning o‘zida 20 ming nafargacha namozxon o‘z ibodatini ado etish imkoniga ega bo‘ldi.

23 sentabr kuni Markaziy masjidning ochilishi va 24 sentabrda Qurbon hayiti bayrami nishonlanishi munosabati bilan Rossiya poytaxti Moskva shahrida bir qator ko‘chalar yopilib, avtomobillar harakatiga cheklovlar kiritildi.

Tatariston rahbari Rustam Minnixanov va Checheniston rahbari Ramzon Qodirov

Buyuk Britaniya, AQSh va Fransiya elchilari

Teleboshlovchi Tina Kandelaki va Pavel Astaxov

Qo‘shiqchi Nadejda Babkina

 

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish