O‘zbekiston | 10:30 / 24.09.2015
6889
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkent sirkida 39-mavsum boshlandi

Toshkent sirkining 39-mavsumi “O‘zbek sirki yulduzlari” shou dasturi bilan boshlab berildi.

Shu bilan birga, joriy yilda yana bir yubiley nishonlanadi – O‘zbekistonda statsionar sirk tomoshalari boshlanganiga 100 yil to‘ladi.

Toshkent markazidagi sirk binosi qurilganiga 39 yil bo‘lganiga qaramay, u allaqachon shaharning eng diqqatga sazovor joylaridan biriga hamda turistlar taniydigan o‘ziga xos tashrif qog‘oziga aylanib qolgan. Shu bois u davlat muhofazasiga olingan obekt hisoblanadi.

“Ayni kunlarda mamlakatning turli mintaqalarida bizning “Shapito” nomli ko‘chma sirkimiz faoliyat yuritmoqda, - deydi sirk bosh rejissyori Sunnat Qo‘ziyev. – Bu yil, an'anaga ko‘ra, muxlislarni Yangi Yil ertagi bilan xushnud etamiz, har bir bayramga maxsus dastur tayyorlaymiz, shou kuzgi va yozgi tanaffuslardan so‘ng yangilanib boradi”.

Mavzuga oid