Jamiyat | 18:21 / 26.09.2015
3809
2 daqiqa o‘qiladi

NEXT savdo majmuasi xayriya tadbirlari o‘tkazdi

NEXT ko‘ngil ochar majmuasi 25 sentabr kuni "quvonch va shodlik har bir bola uchun " deb nomlangan aksiyani tashkil etdi.
Yura davriga sayehat muzeyidagi "Tirannazavr Reks" 25 raqamli imkoniyati cheklangan bolalar maktabiga, 22-sonli mehribonlik uyiga va Yunusobod tumanidagi 47-sonli bolalar bog‘chasiga masxaraboz bilan birga tashrif buyurdi va ajoyib tomoshalar o‘tkazildi.
Ushbu tomoshalar bolalarning murhak qalbiga mamnunlik tuyg‘ulari, yuzlarida xushnudlik ifodalarini olib keldi.
Qayd etish kerakki, NEXT savdo-ko‘ngilochar majmuasi o‘sib kelayotgan avlodni ma'naviy va marifiy jihatdan to‘g‘ri tarbiyalashda o‘z hissasini qo‘shib, shu sohada zarur bo‘lgan chora–tadbirlarni amalga oshirib kelmokda. Shu jumladan, mehribonlik uylarida tarbiyalanayotgan, savdo majmuasiga tashrif buyura olmaydigan daun, autizm, DTsP va imkoniyati cheklangan bolalar uchun NEXT savdo-ko‘ngil ochish majmuasi shu ijtimoiy loyihani o‘tkazdi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish