Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Chikagodagi o‘zbeklar Qurbon hayitini birgalikda nishonladi
24 sentabr kuni Chikago shahrida yashayotgan o‘zbeklar ham butun dunyodagi barcha musulmonlar qatorida Qurbon hayiti bayramini nishonlashdi.
Qur'on tilovati bilan ochilagan bayram kechasi islomiy eslatmalar bilan davom etdi. Shuningdek, Chikago o‘zbek maktabi o‘quvchilari yasagan san'at buyumlari qo‘yilgan xayriya auksioni bo‘lib o‘tdi. Auktsiondan tushgan mablag‘lar Chikago o‘zbek jamiyati ehson qutisiga tashlandi.
So‘ngra bolalarning O‘zbekistondagi qadriyatlar hamda islom dini bo‘yicha bilimlarini sinash maqsadida savol-javob o‘tkazildi. Savol-javob qizg‘in ruhda o‘tdi va bolalarga sovg‘alar tarqatildi.
Qolaversa, kecha davomida bolalarga turli o‘yinlar uyushtirildi. Bayram oxirida chikagolik o‘zbeklar oqsoqoli Sirojiddin Nasafiy barchani duo qildi va barcha o‘zbeklarga vatanni, dinni, urf-odatni unutmaslik kerakligini eslatib o‘tdi.


