Ijtimoiy tarmoqlardan reportajlar: «Qizil super Oy»
28 sentabrga o‘tar kechasi Yevrosiyoning g‘arbiy qismi, Shimoliy Afrika hamda Shimoliy va Janubiy Amerikaning sharqiy qirg‘oqlari aholisi noyob astronomik hodisalari — «super Oy» va uning to‘liq tutilishi holatini kuzatishdi. Oy sathiga Yer soyasining tushish natijasida u bir muddat qizil rangda qizil tus oldi.
Oy tutilishining maksimal fazasi Toshkent vaqti bilan 4:47da ro‘y berib, bu holat kelgusida 2033 yilda sodir bo‘ladi. Shu munosabat bilan Xitoyning Spring Airlines aviakompaniyasi yo‘lovchilarga super Oy ko‘rinadigan reyslarni taklif qildi.
Super Oy ko‘ringan vaqtda Tviterda #SuperBloodMoon heshtegi jahon trendini boshqarib turdi. Mazkur heshteg qo‘llanilgan har bir tvitda mikrobloglar xizmati kichik qizil oy piktogrammasi tasvirini qo‘shimcha qilib turdi.
Super Oy, bu – Yer va Oyning maksimal yaqinlashish vaqti bo‘lib, bu paytda Oy odatdagidan 14 foizga yirikroq ko‘rinadi. Shu kunning o‘zidayoq Yer Quyosh va Oy o‘rtasidan o‘tadi, buning natijasida oy tutilishi ham kuzatildi.