Jahon | 18:10 / 01.10.2015
5055
1 daqiqa o‘qiladi

Anqaradagi YTHda 12 kishi halok bo‘ldi

Anqaraning Jyebeji tumanida sodir bo‘lgan avtohalokatda 12 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda mahalliy matbuotda xabar berilmoqda.
Aytilishicha, yo‘lovchilarni olib ketayotgan avtobusning tormozi ishlamay qolgani bois u bekatga kelib urgan. Buning oqibatida 12 kishi halok bo‘ldi, 13 kishi jarohatlandi.
06 DY 5472 raqamli avtobus haydovchisi boshqaruvni qo‘ldan chiqarib, avtobusni minish uchun bekatda kutib turgan shaxslar bilan to‘qnashdi. Buning oqibatida voqea joyida 10 kishi halok bo‘ldi. Yana ikki kishi shifoxonada o‘ziga kelmay qazo qildi.
Voqea joyi o‘rab olinib, qutqaruvchi guruhlar ish boshlab yuborgani xabar qilinmoqda. Shunga qaramay, YTH suratlari tezda internetga chiqib ketdi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish