Fan-texnika | 22:39 / 01.10.2015
7504
1 daqiqa o‘qiladi

LG ikki ekranli va ikki kamerali premium-smartfon taqdim etdi

Yangilik shunisi bilan e'tiborliki, unga qo‘shimcha 2,1 dyumli ekran o‘rnatilgan.

LG kompaniyasi V tizimidagi qo‘shimcha ekranga ega birinchi flagmanli smartfonni taqdim etdi. Bu haqda Phonearena xabar beradi.
V10 modeli 2560x1440 pikselli (513 ppi) ruxsat etilgan 5,7 dyumli diagonal ekran bilan jihozlandi. Qo‘shimcha ekran 1040x160 pikselli ruxsat etilgan 2,1 dyumli ekranga ega bo‘ldi.

Ikkala ekran ham Gorilla Glass 4 shishasi bilan qoplangan. Uning funksionalligiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, qo‘shimcha ekran barcha bildirish va voqealarni ko‘rsatib turadi. Shuningdek, asosiy tizimdan navigatsiya funksiyalarini, masalan, pleyer boshqarishi imkonini beradi.


Yana bir qiziqarli jihati shundaki, yangi apparatning old kamerasi 5 Mp li bo‘lib, 120 daraja burchakda ishlaydi. Asosiy kamera esa, 16 Mp hamda lazerli avtofokus va optik optik doimiylikka ega.