Sport | 14:59 / 05.10.2015
3867
1 daqiqa o‘qiladi

Moskvadagi "Lujniki" stadionida yong‘in chiqdi

5 oktabr kuni kunduzi Moskva shahridagi "Lujniki" sport kompleksi hududidagi stadionda yong‘in chiqdi.

"Bu ma'lumot to‘g‘ri. Yong‘in hududiga o‘t o‘chiruvchi qismlar yuborildi", deya tasdiqlaydi RIA Novosti manbasi.

Respublika favqulodda vaziyatlar xizmati ham bu ma'lumotni tasdiqlagan.

Guvohlarning voqea joyidan olgan suratlarida stadion osmoniga quyuq tutun o‘rlayotganini ko‘rish mumkin.

Ma'lumot uchun, ushbu stadion 1956 yilda qurilgan, 2018 yilgi JCh uchun 2013 yilda qayta ta'mirlangan. Stadionga "Lujniki" olimpiya majmuasi egalik qiladi.

Stadion sig‘imi 78 360 o‘rindan iborat bo‘lib, bu stadionda Rossiya terma jamoasi o‘z uy o‘yinlarini o‘tkazib keladi.
Maydon hajmi 108X68.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish