Odilxon qori Yunusxon o‘g‘li Nijniy Tagil jome masjidida
O‘zbekiston musulmonlar idorasining 4 kishilik delegatsiyasining Rossiya federatsiyasining Yekaterenburg shahridagi tashrifi davom etmoqda. Delegatsiya a'zolari shaharning diqqatga sazovor joylari bilan tanishdi, belgilangan tadbirlarda ishtirok etdi. Shuningdek, Nijniy Tagil jome masjidida imomlarimiz bilan davra suhbati ham bo‘lib o‘tdi. Unda ishtirok etgan namozxonlarga islom dinining mohiyati, diniy oqimlar, manfur kuchlarning din niqobi ostidagi jinoiy qilmishlari, shuningdek, IShIDning vayronkor ishlari haqida ham ma'ruza qilindi. IShIDning asl qiyofasini ochishda O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari Aydarbek Tulepovning “IShID fitnasi” (“Smuta IGILA”) kitobi bilan tanishish tavsiya qilindi. Qatnashchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.
"Shayx Zayniddin" jome masjidi matbuot xizmati