Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dariga Nazarboyevaning faoliyatiga bir nazar: u barini nimadan boshlagan edi?
Bugun Dariga Nazarboyeva Qozog‘istonning eng qudratli xonimlaridan bir. Qozog‘iston prezidentining to‘ng‘ich qizi mamlakat bosh vaziri o‘rinbosari hisoblanadi.
Bugun Dariga Nazarboyeva Qozog‘istonning eng qudratli xonimlaridan biri. Qozog‘iston prezidentining to‘ng‘ich qizi mamlakat bosh vaziri o‘rinbosari hisoblanadi.
Dariga Nazarbayevaning karerasi 1992 yilda onasi va mamlakatning birinchi xonimi Saroy Nazarboyeva tomonidan tashkil etilgan “Bөbek” bolalar xayriya fondida vitse-prezident bo‘lgach boshlandi.
Mamlakat mustaqillikka erishganining ikkinchi yili, endi oyoqqa turilgan. Ana shunday bir sharoitda xayriya fondi birinchi milliy tashkilot bo‘ldi. Bu lavozimda prezident qizi ikki yil faoliyat yuritdi.

Dariga Nazarboyevaning keyingi karerasi Qozog‘istonning asosiy telekanali bilan bevosita bog‘liq. 1994 yilda Milliy televizion axborot agentligi “Xabar”ning direktori bo‘ldi. Oradan bir yil o‘tib, agentlikning muxbirlik tarmoqlari rivojlantirildi, zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlandi hamda u mamlakatdagi telekanallar orasida yetakchisi bo‘ldi.
1998 yilda “Xabar” mediaxoldinga aylantiriladi, Dariga Nazarboyeva esa ana shu mediaxoldingni prezidentiga aylanadi, 2001 yilda esa direktorlar kengashi raisi sifatida faoliyat yuritadi.

Qozog‘istonliklar o‘sha paytda “Xabar” loyihasi ostida ekranlarga chiqqan “Chorraha” serialini yaxshi eslashadi. Serial shaxsan Dariga rahbarligi ostida efirga uzatilgan.
Ayrim ma'lumotlar shuni ko‘rsatadiki, ushbu serialli suratga olgan ijodkorlar Buyuk Britaniyaga borib maxsus kursdan o‘tib kelishadi. Suratga olish ishlari Portobello Media Ltd britan kompaniyasi rahbarligida kechadi. Natijada birinchi milliy mahsulot yuzaga keladi, oddiy insoniy hayotning og‘ir damlaridan hikoya qiluvchi serialni minglab qozog‘istonliklar tomosha qiladi.
“Xabar” jurnalistikasi taraqqiyoti bilan to‘xtalib qolingani yo‘q, 2002 yilda Dariga Nazarboyeva tashabbusi bilan Qozog‘istonda 1-jurnalistlar anjumani o‘tkazildi.

Aynan mana shu anjumanda mamlakatda jurnalistika Kodeksini tashkil etish bo‘yicha savol ko‘tarildi. Imenno na etom kongresse vpervyye byl podnyat vopros o sozdanii Kodeksa etiki jurnalista v strane. Aynan mana shu yili Dariga birinchi Yevrosiyo media forumi tashabbuskori bo‘ldi.
“Asar” — barchaga tinchlik!
2001 yilda Dariga Nazarboyeva “Asar” deb nomlangan yangi ko‘rinishdagi respublika partiyasi yetakchisiga aylandi. Partiyaning o‘z oldiga qo‘ygan asosiy maqsadi Qozog‘iston Respublikasi prezidenti o‘tkazayotgan islohotlarni to‘laqonli qo‘llab-quvvatlashdan iborat bo‘lgan. Shu bilan birga “Qozog‘iston—2030” dasturini ham.

Siyosatchi matbuot orqali “Men barchasiga ulguraman — partiyaga rahbarlik qilishga, jurnalistika bilan shug‘ullanishga va hatto konsert berishga”, deb e'lon qildi. Shu vaqtdan boshlab Dariganing qo‘shiqchilik faoliyati keng omma e'tiboriga tushdi.

2004 yilda “Asar” partiyasi mamlakatda o‘tgan parlament saylovlarida uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Dariga Nazarboyeva Qozog‘iston Parlamenti Majlisida deputat mavqeni qo‘lga kiritdi. Oradan bir yil o‘tgach esa, hududlar va xususiy tadbirkorlik taraqqiyoti bilan shug‘ullanuvchi “Aymak” deputatlik guruhiga rahbarlik qildi.
Oradan 2,5 yil vaqt o‘tgach, “Asar” partiyasining a'zolari 200 ming nafarga yetadi va Dariganing tashabbusi bilan “asarchilar” birlashmalari paydo bo‘ladi.
Majlis-vumen
2012 yili Qozog‘istonda o‘tgan navbatdagi parlament saylovlarida Dariga Nazarboyeva Majlis deputati bo‘ldi va u yerdagi ijtimoiy-madaniy qo‘mitaning rahbariga aylandi.

Jurnalistlar va hamkasblari uning nutqlari yanada qat'iy bo‘lib borayotgani, ayrim hollarda so‘zlarining keskin tus olayotgani, hamkasb-vazirlarni noqulay ahvolga solib qo‘yayotgani haqida Darigaga ko‘p bor aytishdi.

Quyida deputatning keng muhokamaga sabab bo‘lgan va tez-tez takrorlaydigan gaplaridan misol keltiramiz:
— Qozog‘istonda odamlar yordamida doimiy og‘riqni his etish uchun giyohvandlik analgetikni shakllantirish kerak.
“Surunkali og‘riqlarni 72 soat davomida to‘xtatib qo‘yadigan morfinning tabletka ko‘rinishi yo‘q. Qozog‘istonda ana shu giyohvandlik analgetikini joriy etish o‘n martalab arzonga tushadi”, — deb aytgan Dariga Nazarboyeva.

— Chuy vodiysi plantatsiyalariga farmatsevtika kompaniyalarini jo‘natish kerak. Nazarboyevaning so‘zlariga ko‘ra, hukumat har yili begona o‘simliklarni yo‘q qilish uchun juda ko‘p mablag‘ sarflaydi. Ammo o‘simliklardan zarur dori-darmon vositalari tayyorlasa bo‘ladi, masalan, Altsgeymer kasalligiga qarshi.
— Nogironlarning ota-onalarini e'tirof etish kerak. Bu uning yaqinlarini ish bilan ta'minlaydi. Chunki ular nogironga tunu-kun qarayman deb, ishga ham bora olishmaydi. Shu bilan birga ularning nafaqa masalalarini ham yaxshilash kerak.
— Qozog‘iston bozorlarini genetikasi o‘zgartirilgan mahsulotlardan tozalash kerak. Deputatning ta'kidlashicha, Qozog‘istonda 1996 yildan keyin genetikasi o‘zgartirilgan mahsulotlar tufayli kasalliklar soni sezilarli ravishda oshib ketdi. Shu bois mustaqil ekspertlar guruhi tuzildi va va bu mahsuloltlar qonun organlari tomonidan qattiq nazoratda bo‘ldi.

Dariga Nazarboyeva o‘z siyosiy karerasini qurish davrida ijtimoiy loyhalarni qo‘llab-quvvatlovchi “Millat yetakchisi — Qozog‘iston respublikasining birinchi prezidenti Fondi”ga rahbarlik qildi va uni xayriya ishlarida ko‘makchi bo‘ldi.
Siyosatdan tashqari u – uch farzandning onasi, to‘rt nabiraning buvisi, operaning metstso-soprano yo‘nalishida kuylovchi opera qo‘shiqchisi, rus romanslari va qozoq milliy qo‘shiqlarini kuylovchi ijodkor sifatida ham e'tirof etiladi.

Dariga Nazarboyeva 2014 yilning 3 aprelidan Qozog‘iston Respublikasi Majlisida vitse-spiker lavozimiga tayinlandi va “Nur Otan” partiyasining parlamentdagi fraksiyasiga rahbarlik qildi. 2015 yilning 11 sentabrida esa Qozog‘iston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari etib tayinlandi.

Omadli siyosatchining kelajakdagi keyingi qadamlari qanday bo‘ladi, buni vaqt ko‘rsatadi. U bir safar BAAning “Khaleej Times” gazetasiga bergan intervyusida quyidagi savolga javob berishiga to‘g‘ri kelgan: “Siz o‘zingizni navbatdagi Qozog‘iston prezidenti sifatida ko‘ra olasizmi?” U: “Yo‘q, men hozir qanday bo‘lsam, shundayligimdan baxtliman”, deb javob qaytargan.