Jamiyat | 01:38 / 14.10.2015
4572
1 daqiqa o‘qiladi

Olma-otada izdan chiqib ketgan tramvay bir nechta mashinalarni pachoqlab ketdi

Qozog‘istonning Olma-ota shahrida tramvay ishtirokida yirik yo‘l-transport hodisasi yuz berdi, deb xabar berilmoqda nur.kz saytida.

Izidan chiqib ketgan tramvay bir nechta avtomobillar bilan to‘qnashib ketgan.
Makatayev ko‘chasida harakatlanayotgan tramvay 14 taga yaqin avtomobilni pachoqlab tashlagan.

Tramvay to‘xtayotganda izdan chiqib ketgan. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, YTH oqibatida bir necha kishi jarohat olgan.

“Ushbu avariya Qozog‘iston Jinoyat kodeksining 345-moddasi bo‘yicha sudgacha tergov ro‘yxatiga kiritildi”, deb ma'lum qildi Olma-ota Ichki ishlar departamenti matbuot xizmati.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish