Fan-texnika | 18:07 / 16.10.2015
7733
2 daqiqa o‘qiladi

Avstraliyada Malayziya sultoni uchun karavot va oshxonasi bor yuk mashinasi tayyorlandi

Avstraliyaning Brisben shahrida Malayziya sultoni Ibrohim Ismoil uchun mo‘ljallangan hashamatli yuk mashinasi yaratildi. Bu mashina 15 oktabr kuni o‘tkazilgan King George Square shousi vaqtida namoyish etilgan.

Luxurylaunches nashri xabarida aytilishicha, ushbu mashina Mack Trucks zavodida ishlab chiqarilgan. Uning tannarxi ma'lum qilinmagan. Nashrda yozilishicha, bu yuk mashinasi kompaniya tomonidan yaratilgan eng qimmatbaho mashina bo‘lib, uning narxi taxminan 480 ming dollarni tashkil qiladi.

Ushbu "Sulton mashinasi" 1 soatda kilometr masofani bosib o‘tish imkoniyatiga ega. Uning kuzovi qizil va ko‘k ranglarga bo‘yalib, kuzov sirtiga Malayziya qirolligi ramzi tushiriladi. Shuningdek, mashina kapotiga yo‘lbars tasviri (Johor sulolasi ramzi) aks etgan.

Yuk mashinasi zamonaviy bort texnikasi, 6ta kuzatuv kamerasi, televizor bilan ta'minlangan. Avtomobil ichida oshxona va ikki kishilik yotoq karovati mavjud. Ichki devorlar qizil daraxt yog‘ochi va marmar bilan qoplangan.

Ma'lumot uchun, Mack Trucks kompaniyasiga 1900 yilda asos solingan, bu kompaniya asosan yuk mashinalari, avtobuslar va trolleybuslar ishlab chiqaradi. Kompaniya zavodlari Avstraliyadan tashqari AQSh va Venesuelada ham bor.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish