Fan-texnika | 21:53 / 22.10.2015
4031
1 daqiqa o‘qiladi

Shvetsiyalik dizayner yog‘ochdan 1984 yilgi Apple kompyuteri nusxasini yasadi

Shvetsiyalik dizayner Love Xulten yog‘ochdan 1984 yilda Apple kompaniyasi tomonidan yaratilgan Macintosh 128K shaxsiy kompyuterining birga-bir o‘lchamdagi nusxasini yasadi.

Xulten ushbu kompyuter nusxasini yong‘oq yog‘ochidan yaratdi, ushbu nusxa asl kompyuterning dizayni va o‘lchamlarini to‘liq qaytaradi. Dizayner simli klaviaturani havorang Cherry MX klaviaturasi asosida yaratdi, tugmalarni latundan yasadi. Sichqonchaning simi yo‘q, u batareykada ishlaydi. Shved nusxaning ichida Macmini’ning zamonaviy modelini, disketlar uchun diskovod o‘rniga DVD-yuritgichni o‘rnatdi.

Avvalroq Xulten yong‘oq yog‘ochidan “dengiz jangi” o‘yini avtomati, simli ratsiyalar va boshqa jismlarni yaratgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish