Jamiyat | 15:59 / 23.10.2015
10379
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonlik dizayner Sharqiy Yevropadagi yirik moda haftaligida ishtirok etmoqda

23 oktabr kuni o‘zbekistonlik dizayner Zulfiya Sulton Sharqiy Yevropadagi yirik – Mercedes Benz Fashion Week Russia moda haftaligi doirasida o‘z kolleksiyasini namoyish etadi.

Mercedes-Benz Fashion Week Russia moda haftaligining 31- mavsumi 21–25 oktabr kunlari Rossiya poytaxti Moskva shahridagi “Manej” markaziy ko‘rgazma zalida bo‘lib o‘tmoqda. Unda Rossiya, AQSh, Turkiya, Ukraina va boshqa mamlakatlardan kelgan 70 nafardan ziyod dizayner 2016 yil bahor-yoz mavsumiga bag‘ishlangan kolleksiyalarini namoyish etadi. O‘zbekiston nomidan esa Zulfiya Sulton brendi ishtirok etmoqda.

Zulfiya Sulton – haute couture segmentidagi yetakchi o‘zbek brendlaridan biri bo‘lib, 2007 yilda dizayner Zulfiya Sulton tomonidan asos solingan. Mazkur brend Monakodagi Monte Carlo Fashion Week (2015 yil), Rimdagi Alta Roma Alta Moda – Room Service (2015), Milandagi Festival De La Moda Russo (2014), Parijdagi Les Belles Artistes a Paris moda tadbirlarida muvaffaqiyatli ishtirok etgan. Jumladan, 2014 yilda Milandagi moda festivalida “Eng yuqori sifat uchun” nominatsiyasida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish