Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
"Golos. Deti" shousining uchinchi mavsumida bo‘yi 98 smli bola ishtirok etadi
Biroz avval Rossiyaning "Birinchi" kanalida "Golos. Deti" shousining uchinchi mavsumini suratga olish ishlari boshlandi. Ko‘rsatuv qishda namoyish etila boshlashiga qaramay, hozirdan unda tomoshabinlarni qiziqtiradigan voqealar ko‘p bo‘lishi ma'lum bo‘lmoqda.
Shouda 13 yoshli bo‘yi bor yo‘g‘i 98 sm bo‘lgan bola - Danil Plujnikov ishtirok etadi.
Ko‘rsatuv ishtirok etish Danil uchun oson kechmadi. Sahnaga chiqishda uni ko‘rsatuv xodimlari qo‘llarida olib chiqishdi, og‘ir bo‘lgan mikrofonni garnituraga almashtirishdi. Shunday bo‘lsa-da, ishtirokchi barchani hayron qoldirishga muvaffaq bo‘ldi.
Ishtirokchi o‘zining hayajonga berilmaganini aytdi.
"Men hech nimadan qo‘rqmadim. Fikrimni bir joyga jamladim va chiqdim. Qo‘shiqni kuylaganimda zaldagi muxlislar juda yaxshi kutib olishdi. Men buni kutmagan edim", – dedi Danil.