Fan-texnika | 19:17 / 24.10.2015
9615
1 daqiqa o‘qiladi
Zominda yiliga 200 ming dona monitor ishlab chiqaruvchi zavod faoliyat olib bormoqda
Jizzax viloyati Zomin shahrida shaxsiy kompyuterlar uchun zamonaviy talablarga javob beradigan monitorlar ishlab chiqaruvchi zavod o‘z ish faoliyatini olib bormoqda.
Ushbu loyihani Artel Samsung kompaniyasi bilan birgalikda ishga tushirdi. Qurilish ishlari 2015 yilning iyunida boshlanib, avgust oxirida yakuniga yetdi.
Zavodda ikki ish vaqti (smena)da ish olib boriladi. U yiliga umumiy narxi 30 mlrd bo‘lgan 200 ming dona monitor ishlab chiqarish kuchiga ega.
Ishchilar soni 150 nafarni tashkil etadi. Ularning 80 foizini kollej va OTM bitiruvchilari tashkil qiladi.