Jahon | 17:47 / 26.10.2015
8096
2 daqiqa o‘qiladi

Chimkentdagi festivalda Makkadan keltirilgan suvda osh qilgan oshpaz g‘alaba qozondi

Qozog‘istonning Chimkent shahrida joylashgan “Al-Akram” to‘yxonasida an'anaviy ravishda oktabr oyida o‘zbek oshpazlari o‘rtasida o‘tkaziladigan osh festivalida g‘alaba qozongan G‘ulomjon G‘aniyev taomni Makkadan keltirilgan suvda tayyorlaganini ma'lum qildi.

Tadbir tashkilotchisi viloyat o‘zbek milliy madaniy markazidir. Unda nafaqat Janubiy Qozog‘iston viloyatining turli chekkalaridan, balki Toshkentdan tashrif buyurgan oshpazlar ham ishtirok etadi. Ko‘plab oshpazlar uzoq yillardan buyon tadbirda ishtirok etib kelmoqda. Lekin har yili unda faqat bir kishi g‘olib bo‘ladi.

Joriy yilda festivalda Samarqand, Toshkent, Chimkent, Sayram, Farg‘ona, Buxoro, Xorazm oshlari tayyorlandi. Ularni nafaqat maxsus jyuri, balki festival mehmonlari ham totib ko‘rish imkoniga ega bo‘ldi.
Aytilishicha, birinchi o‘rin sohibi G‘ulomjon Nabiyev Chimkent shahar maslahatining deputatidir.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish