Jahon | 10:09 / 27.10.2015
15091
1 daqiqa o‘qiladi
Video: Jurnalist yangiliklar o‘qish paytida zilzila tufayli efirni tark etishga majbur bo‘ldi
Afg‘onistonning Kobul shahrida faoliyat ko‘rsatadigan Ariana Television Network (ATN) telekanali xodimi yangiliklar o‘qishni boshlagan vaqtda zilzila tufayli ishini tashlab, ekrandan yo‘qoldi.
Eslatib o‘tamiz, 26 oktabr kuni, Afg‘oniston vaqti bilan soat 13:39da (Toshkent vaqti bilan 14:09da) sodir bo‘lgan zilzila episentri Afg‘onistonning Hindukush mintaqasida kuzatilib, 7.5 ballni tashkil qildi. U Pokistonda, Tojikistonda, shuningdek, O‘zbekistonning, Surxondaryo, Qashqadaryo, Samarqand, Toshkent, Andijon va boshqa viloyatlarida kuzatildi. Yer silkinishlari Qozog‘istonning Olma-Ota, Taroz, Chimkent, Qirg‘izistonning O‘sh shaharlarida ham sezildi.
Oxirgi xabarlarda Osiyo janubidagi zilzila qurbonlari soni 263 nafarga yetgani aytilgan.