Fan-texnika | 18:06 / 28.10.2015
3614
2 daqiqa o‘qiladi

Nissan ruli yig‘ishtiriladigan elektrokar yaratdi

Nissan kompaniyasi Tokio avtosalonida IDS kontseptual elektron xeetchbekni taqdim etdi. Aytilishicha, prototip keyingi avlod Leaf modeliga asos bo‘lishi mumkin. Mashina yig‘ishtiriladigan rul va avtonom boshqaruv tizimiga ega bo‘ldi. Shuningdek, tanlangan harakat ritmiga muvofiq o‘rindiqlar ham aylanadi.

Prototip kuzovi to‘laligicha karbonlidir. Avtomobil balandligi 1 380 mm ni tashkil qiladi.

 

Mashinaning old paneli katta sensorli ekrandan iborat. Rul g‘ildiragi, dizaynerlar g‘oyasiga ko‘ra, tashqi jihatdan jilovni eslatishi lozim.

Avtopilot yoqilganida rul avtomatik tarzda yig‘ilib, old panelga olinadi, uning o‘rniga esa yana bir sensorli ekran paydo bo‘ladi. Bunda old o‘rindiqlar biroz bir-biriga tomon aylanib, “qulay, yoqimli va xavfsiz muhit” yaratadi.

Avtomobil turli elektron yordamchilar bilan ta'minlangan.

Avtoparkovkachi, yo‘lovchilarning maqsadlaridan ogohlantirish tizimi shular jumlasidandir. Masalan, yo‘lovchi o‘tmoqchi ekanligini sezgan sensorlar bundan ham haydovchini, ham yo‘lovchini ogohlantiradi.kontseptning batareyalari hajmi 60 KVt/soatni tashkil qilishi ma'lum.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish