Jahon | 16:02 / 02.11.2015
12060
1 daqiqa o‘qiladi

Londonni rekord darajadagi qalin tuman qopladi

Buyuk Britaniya poytaxti London shahridagi aeroportlarda rekord darajadagi tuman tushishi tufayli bir necha yuzlab reyslar bekor qilindi. Bu haqda The Independent nashri xabar berdi.

Ma'lum qilinishicha, Londondagi noqulay ob-havo sharoiti tufayli reyslari qoldirilgan aviakompaniyalar orasida KLM, Lot, Brussels Airlines va United kabi nomlarni uchratish mumkin.

Meteorologlarning ma'lumotiga ko‘ra, Londonda ayni vaqtda 50 metrdan uzoqni ko‘rib bo‘lmayapti.

Qayd etilishicha, bu vaqtda qirollikning g‘arbiy hududida issiq havo kuzatilmoqda. 1 noyabr kuni Uelsda havo harorati 22,4 darajaga yetgan.

Internet foydalanuvchilari tvitterda #foggy heshtegi orqali tvitlar yozib, turli hududlardan suratlar joylashtirishmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish