Jamiyat | 21:53 / 02.11.2015
8166
2 daqiqa o‘qiladi

Olmaotada qalin qor yoqqandan keyin daraxtlar ag‘anashi oqibatida 12 ta mashina shikastlandi

Bugun, 2 noyabrda Olmaotada qalin qor yog‘di. Mahalliy vaqt bilan soat 08.00 dagi holatga ko‘ra, shaharga yoqqan qor qalinligi 7-10 sm ni tashkil qildi. Qor shaharda daraxtlarning ag‘anashiga olib keldi. Shaharning bir necha tezkor xizmatlari, shahar akimi ma'muriyati bergan ma'lumotlarga ko‘ra, daraxtlar qulashi oqibatida 12 ta mashina shikastlangan, deb xabar bermoqda Zakon.kz nashri.

“2 noyabrda soat 07.00 dan boshlab “109” qutqaruv xizmatiga aholidan 35 ta murojaat tushdi. Qalin qor yoqqani tufayli shaharda shoh-shabba, daraxtlar ag‘darildi, ulardan ba'zilari yo‘l chetidagi avtomobillarga shikast yetkazdi. “109” xizmati tuman akimiyatlari bilan hamkorlikda shoh-shabbalarni kesish, ag‘darilgan daraxtlardan hududlarni tozalash ishlari bilan shug‘ullanmoqda”, deb aytildi qutqaruv xizmatida.
Aholi orasida hech kim jabrlanmagan.

Shu munosabat bilan shahar ma'muriyati shahar aholisi va mehmonlarni juda e'tiborli bo‘lishga, daraxtlar ostida turmaslik va mashinalarni qo‘ymaslikka chaqirdi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish