Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon yulduzlari Ravshan Ermatov bilan. Maradonadan Messigacha
Osiyoning 5 karra eng yaxshi hakami, Jahon chempionatlarida eng ko‘p uchrashuvni boshqarib rekord o‘rnatgan hakam hamyurtimiz Ravshan Ermatov shu kunga qadar juda ko‘p xalqaro uchrashuvlarda ishlagan.
Biz jahon tan olgan yulduzlarning Ravshan Ermatov bilan tushgan rasmlarini e'tiboringizga havola etamiz.
Giggz: Ravshan aka uyoqqa qarasangizchi bizni birga rasmga olishmoqchi
Ermatov: Xuntelaar bu sening ulushing
Robben: Ravshan aka shu to‘pni menga beraqoling
Messi: Siz meni tanimadiz chog‘i
Ermatov: Siz esa meni yaxshi taniysiz Messijon
Ermatov: Vidich joyingni topib ol
Maradona: Salom shox, salom shox, xursandman
Ermatov sheriklariga: Qara shox sohta ekan...
Ravshan aka sizga bitta klass!
Chicharito: Ravshan aka bitta duo qiling, aka...
No comment!
Rakitich: Manda ayb yo‘o‘, hamma ayb...
Myuller: qani aka beshni tashlang
Runi: Siz o‘shami?
Ermatov: ha, Runijon yaxshi taniding...
Ermatov: Tevesjon, jim turing, shovqinlanmang...
P.S: Men Messi, Maradona, Runi kabi futbol daholariga xavas qilyapman. Har holda ular Ermatov bilan birga rasmga tushishibdi, men esa yo‘q...
Furqat Yusupov tayyorladi