Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Adidas kompaniyasi uchta chiziqli kostyumlar kunini nishonlaydi
Germaniyaning sport kiyimlari va ekipirovkalari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan Adidas kompaniyasi 6 noyabr kunini uchta chiziqli kostyumlar kuni deb e'lon qildi.
Mazkur aksiyada istalgan kishi ishtirok etishi mumkin. Buning uchun har bir ishtirokchi ijtimoiy tarmoqlardagi o‘z rasmiga #adidastracksuitday heshtegini ishlatgan holatda xabar joylashtirishi kerak bo‘ladi. Tadbir mashhur futbolchi Frants Bekkenbauer sharafiga 1967 yilda yaratilgan Franz Beckenbauer Tracksuit sport kostyumlari sharafiga o‘tkaziladi.
Ma'lumot uchun, Adidas kompaniyasi 1948 yilda Germaniyada faoliyatini boshlagan. Korxona sport kiyimlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan bo‘lib, hozirgi kunda Reebok, Rockport, Y-3, va RBK & CCM Hockey kompaniyalari mahsulotlarini distributsiya qilish bilan ham shug‘ullanmoqda.







