Eng yaxshi sayyohlik fotosuratlari – 2015
Qaltis vaziyatlarga tushish va xavfli nuqtalarda bo‘lib, eng baland osmono‘par cho‘qqilarni zabt etishni yaxshi ko‘radigan insonlarni sayohatning muddati, makoni qiziqtirmaydi. Ular sevimli mashg‘ulotlari uchun haftalab, bir necha oylab sayohat qilishadi.
Tavakkalchilik ortidagi go‘zal manzaralar, maftunkor tabiat qo‘ynidagi mo‘'jizakor joylar, albatta, bunday qurbonlikka arziydi. Ammo go‘zallikdan nafaqat o‘zlari, balki boshqa insonlar ham bahra olishini istovchi ekstrimchilar doimo o‘zlari bilan professional fotosuratchilarni olib yurishadi. Ular esa eng zo‘r daqiqalarni fotokadrga muhrlashadi. Xo‘sh, 2015 yilning ana shunday mo‘'jizakor joylari qayer? Buni bilishni istasangiz, sizga taqdim etajak fotosuratlarimizni tomosha qiling. Marhamat!
Grand-Kanon
2013 ning dekabr oyida fotograf Vudvort otasi bilan Grand-Kanon degan joyga borishadi. Endi ota-bola uchun Grand-Kanondagi surat sayohatdan esdalik bo‘lib qoldi.
Yosemiti
O‘tgan oktabr oyida erkin sayyohlar Pikok va uning rafiqasi Sabina Santa-Barbaradan Yosemiti milliy xiyobonigacha sayohat qilishdi. Ularning rejasi "Matthes Crest" tog‘iga chiqish edi. Ular buni uddalashdi va ushbu suratni esdalik uchun olib qo‘yishdi.
Peru
10 kun davomida fotograf Mark Uilborn Janubiy Peruga qarab "Choquequirao"ga olib boruvchi yo‘lni izlab yo‘lga tushdi. To‘satdan shu payt xarobali cherkovni ko‘rib qoladi. Mark uni tomosha qilib turgan bir paytda birdaniga shamol turib, yashirin tumanning ko‘rinish berganiga ko‘zi tushadi va shu lahzani suratga oladi. Garchi bu xavfli vaziyat bo‘lgan bo‘lsa-da, suratdagi manzara bunga arziydi.
Yosemiti
Ushbu suratda mohir alpinist Kodi Tattlni ko‘rib turibsiz. Unda Kodi cho‘qqining taxminan to‘qqiz yuz metrli balandligigacha ko‘tarilgani tasvirlangan. Alpinist buning uchun bir necha yil tayyorgarlik ko‘rgan.
Bu borada u shunday deydi: "Shunaqa joylar borki, u yerda sizning xato qilishga umuman haqqingiz bo‘lmaydi".
Kodi cho‘qqiga chiqquniga qadar bir necha soat ketdi, o‘zingiz tasavvur qiling, bu muddat davomida balandlikda turish uchun sportchidan qanchalar jismoniy kuch va iroda kerak bo‘ladi.
Gretsiya
Mahoratli alpinist Saymon Deverni Telendas orolida bir kun sayohat qildi va oxir-oqibat kristalli osilib turuvchi g‘orga chiqishni istadi, hatto maqsadiga erishdi ham. Uning harakatlarini kuzatib turgan operator Mario Petuchchining so‘zlariga ko‘ra, Deverni ushbu g‘orga chiqa olgan dunyodagi yagona insondir.
Saymon Deverni g‘orda 5 daqiqa osilib turdi, ammo undagi zavq butun umrga tatigulik bo‘ldi.
Tibet
Kanada tog‘lari
Bukar Pram va Kristian Fernandes Kanada tog‘lari bo‘ylab uyushtirilgan ikki haftalik sayohatda mana shu manzaraga duch kelishdi. Kristian ushbu joyni topdi, Bukar Pram esa uni suratga oldi.