Jahon | 14:18 / 14.11.2015
11405
1 daqiqa o‘qiladi
Jahondagi ko‘plab binolar Fransiya bayrog‘i tusiga kirdi
Jahondagi ko‘plab bino va tarixiy obidalar, Parijda bo‘lib o‘tgan teraktlarga hamdardlik ifodasi tariqasida Fransiya bayrog‘i tusiga kirdi. Bu haqda tvitter foydalanuvchilari xabar bermoqda.
Eyfel minorasi motam ramzi sifatida zulmat qo‘ynida qoldi.
2001 yilda vayron bo‘lgan egizak binolar o‘rnida qad rostlagan Butunjahon savdo markazi 1 ham fransuz xalqiga hamdardlik ifodasi sifatida Fransiya bayrog‘i rangiga kirdi.
Monreal aholisi ham Parijdagi hujumlarga nisbatan o‘z hamdardliligini bildirdi.
Rasmiy ma'lumotlarga ko‘ra, Parijdagi teraktlar natijasida 120 nafar kishi halok bo‘ldi. OAV xabariga ko‘ra, qurbon bo‘lganlar soni 150 kishini tashkil etadi.