Jahon | 21:03 / 21.11.2015
10767
1 daqiqa o‘qiladi
Cheksizlik bilan yuzma-yuz kelganda…
Kundalik tashvishlarga o‘ralashib qolganda, har gal bir dugonamga onasi qilgan nasihatni eslayman: “Muammolaringga tepadan, koinotdan turib nazar sol. O‘shanda ularning naqadar maydaligini ko‘rasan”.
Nainki inson muammolari, tabiat ulug‘vorligi qarshisida kichik olam, deb e'tirof etiladigan insonning o‘zi ham ko‘z ilg‘amas mavjudotga aylanib qoladi.
O‘zingizni uchi-qirg‘og‘i yo‘q o‘rmon, zabt etilmagan cho‘qqi, hayqirayotgan dengiz, lovullab yonayotgan sahro qarshisida his qilarkansiz, aslida kuch-qudratning haqiqiy manbasi mana shu asov tabiat ekanligini anglaysiz.