100 yosh ostonasida topilgan baxtlar
Quyida suratlari keltirilgan juftliklar o‘z sevgisini topish va to‘y qilishga hech qachon kech bo‘lmasligini isbotlashdi. To‘yga bahona turli bo‘lishi mumkin, ammo oxirgi 100 yil statistik ma'lumotlari shuni ko‘rsatdiki, aksari erkaklar 26 va 28 yosh oralig‘ida uylanisharkan, qizlar esa 22 va 26 yosh oralig‘ida turmushga chiqisharkan. Yoshi katta juftliklar ham moddiy, ham ma'naviy o‘zlarini tutib olgan bo‘lishadi. Chunki bu hislat ko‘pchilik yoshi kichik juftliklarni qiynab turadi.
Umuman olganda kesayib qolganda oila qurish bir tomondan yaxshi. Chunki vaqtingni barini o‘z juftingga bag‘ishlaysan. O‘qishga borish kerak, ishdan kech qolmaslik lozim va boshqa mayda-chuydalar ortiq bezovta qilmaydi. Shu bois ular har tomonlama nikohga tayyor bo‘lishadi.
P.S: Yuqoridagi gaplarimiz yoki quyida keltirmoqchi bo‘lgan suratlarimiz qaysidir jihatdan bizning madaniyatga, qadriyatlarga to‘g‘ri kelmas. Ammo masalaga bir yoqlama yondashmaslik lozim. Tan olib aytish lozimki, keksa otaxonu-onaxonlarimiz keksalik davrini nevara-evaralariga nasihat qilib, ularni duo etib o‘tkazishadi. To‘y qilib, juft tanlashni tasavvuram qilisholmaydi. (Ayrim sho‘x otaxonlarni nazarda tutmasa. Zero ular bo‘lmaganida Yetmishboy, Saksonboy va hatto To‘qsonboy ismlari bo‘lmasdi.)
Biroq gap to‘y qilishda emas. O‘sha boboyu buvilarimizdan o‘z juftlari haqida so‘rang va ularning ko‘ziga bir dam tikiling. Shirin xotira bir soniya bo‘lsada yuz ochadi va ular ko‘zlarda aks etadi. Gap xuddi ana shunda. Inson jismonan qarib, zaiflashishi mumkin, biroq uning qalbi hech qachon qarimaydi. Qalb o‘zida tug‘ilgan tuyg‘ularni hech qachon yuqotmaydi va yillar osha saqlaydi. Hamma gap qalbda, yurakda...
1. 91 yoshli Elton Nikols va 84 yoshli Betti Xoll bir-birlarini keksayib qolishganda uchratishdi va to‘y qilishdi
2. 101 yoshli kuyov va 103 yoshli kelin o‘zlarining ilk kelin-kuyovlik suratlarini olishmoqda
3. “Yosh oila”: 94 yoshli kuyov va 86 yoshli kelin
4. Qanday ta'sirli!
5. 85 yillik juftlik 48 yillik ajrashishdan so‘ng yana oila qurishdi
6. Juftlik birinchi bo‘sadan 75 yil o‘tib oila qurishdi
7. Mana bu juftlik ham to‘y qilishga nogohon qaror qilishdi
8. Sakson yil oldin ular tanishishgandi, endi mana, oila qurishayapti
9. Har doim birga!
10. Ularga baxt tilaymiz!
11. Hammasi endi boshlanayapti