Sport | 21:43 / 23.11.2015
6413
1 daqiqa o‘qiladi

Puyol futbol agentiga aylandi. Uning ilk mijozi "Barselona" futbolchisi

"Barselona" jamoasining sobiq futbolchisi va sardori Karles Puyol jamoa himoyachisi Mark Bartraning manfaatlarini himoya qilishga kirishadi. Marca nashri xabariga ko‘ra, 37 yoshli sobiq futbolchi endi futbol agentiga aylandi va uning ilk mijozi Mark Bartra hisoblanadi.

Butun futbolchilik faoliyatini "Barselona"da o‘tkazgan Puyol 2014 yilning yozida butsalarini mixga ilgandi.

Puyol futbolchilikni to‘xtatgach, "Barselona" jamoasi sport direktori Andoni Subisarettaning yordamchisi sifatida ishlagan, 2015 yilning fevralida Subisaretta ishdan ketgach, u ham iste'fo bergandi.

Ma'lumot uchun, 25 yoshli Bartra joriy mavsumda "Barselona" safida 5ta o‘yinda maydonga tushib, bitta gol urishga erishdi.

Mavzuga oid