Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Moskvaliklar Turkiyaning Moskvadagi elchixonasini toshbo‘ron qilishdi (Foto+Video)
24 noyabr kuni Turkiyaning Rossiya aviatsiyasiga tegishli Su-24 bombardimonchi samolyotini urib tushirishi moskvaliklarning g‘azabini keltirdi. Bugun bir guruh namoyishchilar Turkiyaning Moskva shahridagi elchixonasi oldida to‘planishdi va elchixona binosiga toshlar, shisha idishlar va boshqa buyumlar uloqtirishdi.

Voqea joyida bo‘lgan muxbirlarning ma'lum qilishicha, elchixona atrofida to‘planganlar toshlardan tashqari tuxumlar otishgan va devorlarga bo‘yoqlar chaplab tashlashgan.

Bir necha derazalar sindirilgan. Natijada elchixonaning bir qancha xodimlari jarohatlangan.

Elchixona ma'lumotiga ko‘ra esa Moskva markazidagi Rostov ko‘chasida joylashgan bu bino oldiga 600 nafardan ortiq kishi to‘plangan.

Ularning qo‘llarida turli munosabatlar ifodalangan plakatlar bo‘lgan. Xususan, "Orqadan zarba", "Biz Turkiyaga bormaymiz", "Turkiya - IShIDning sherigi" kabi yozuvlar bo‘lgan.









Eslatib o‘tamiz, 24 noyabr kuni tongda Turkiya—Suriya chegarasida Suriyadagi harbiy operatsiyada ishtirok etayotgan Rossiyaning Su-24 samolyoti urib tushirildi. Turkiyaning ta'kidlashicha, samolyot mamlakat havo kengliklarini buzib o‘tgan.
Rossiya Mudofaa vazirligining qayd etishicha, Rossiya samolyoti Turkiya hududiga kirmagan.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin buni "orqadan zarba berish" deb baholagan.