Fan-texnika | 20:05 / 28.11.2015
5132
2 daqiqa o‘qiladi

Range Rover Sport SVR avtomobili muzlagan ko‘l ustida sinovdan o‘tkazildi

Land Rover kompaniyasi o‘zining Range Rover Sport SVR yo‘ltanlamas modeli reklama roligini namoyish etdi. Rolikda mashina Shvetsiyadagi muzlagan ko‘l ustida harakatlanmoqda. Buning uchun muz usti uning ko‘rsatkichlari Britaniyadagi “Silverstoun” trekining ko‘rsatkichlarini takorlaydigan tarzda tozalab chiqildi.

Avtomobilni Jaguar Land Rover konserni ayol instruktori, ralli bo‘yicha jahon chempionatining sobiq ishtirokchisi Minna Sillankorva boshqardi. Avtomobilning yo‘lovchi o‘rindig‘idan Land Rover markasining elchisi va qutbchi Ben Sonders o‘rin oldi.

Range Rover Sport SVR britan markasi modellar qatoridagi eng quvvatli yo‘ltanlamas bo‘lib, 2014 yilning avgustida ilk bor namoyish qilingan. Mashina zavodning tyuning-atelesi Jaguar Land Rover – Special Vehicle Operations tomonidan ishlab chiqarilgan birinchi model bo‘ldi.

Avtomobilning kapoti ostida 5 litrli, 550 ot kuchiga ega V8 li benzin motor joylashgan. U 8 pog‘onali “avtomat” uzatmalar qutisi bilan juftlikda 2,3 tonnali yo‘ltanlamasni soatiga 0 km dan 100 km tezlikkacha 4,7 soniyada tezlashtira oladi.

Avtomobil Germaniyadagi “Nyurburgring” trassasini 8 daqiqa 14 soniyada bosib o‘tdi va ushbu trekning eng tez yuruvchi yo‘ltanlamasiga aylandi. Ushbu trassani 7 daqiqa 57,74 soniyada bosib o‘tgan Porsche Cayenne Turbo S modeligina yo‘ltanlamasdan tezroq bo‘lgan.