Jamiyat | 09:21 / 02.12.2015
14786
2 daqiqa o‘qiladi

“O‘zbeknavo” Abdulla Qurbonovning litsenziyasini qaytargani ma'lum bo‘ldi

Abdulla Qurbonov O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf she'ri matni asosida "Do‘st" nomli qo‘shiq kuyladi.

Qo‘shiqchining o‘zi tomonidan ma'lum qilinishicha, biroz avvalroq “O‘zbeknavo” estrada birlashmasi unga litsenziyasini qaytargan.

"Albatta, bu uchun men “O‘zbeknavo” Estrada birlashmasiga alohida minnatdorchiligimni bildiraman. Rejalarim bisyor, “Oqibat” haqida va yana juda ko‘plab mavzularda qo‘shiqlar yaratishni rejalashtirganman", degan u "Darakchi.uz" saytiga bergan intervyusida.

Ma'lumot uchun, 2013 yilning fevralida “O‘zbeknavo” estrada birlashmasi xonanda Abdulla Qurbonovga berilgan litsenziyasini bekor qilgandi.

Undan avvalroq internetda xonanda mast holatda qo‘pol ohangda ichki ishlar organlari xodimlari bilan muloqoti tushirilgan video paydo bo‘lgan edi. Xonanda mazkur voqea bo‘lib o‘tganini tan olgan, o‘z qilmishidan pushaymonligini bildirgandi.