Fan-texnika | 18:17 / 02.12.2015
7137
2 daqiqa o‘qiladi

Lamborghini’ning birinchi yo‘ltanlamasi biturbo motorga ega bo‘ladi

Lamborghini kompaniyasining birinchi yo‘ltanlamasi – Urus – 8 silindrli 4 l li tvin-turbo dvigatelga ega bo‘ladi. Bu axborotni Autocar nashriga markaning rahbari Stefan Vinkelmann, shuningdek, tadqiqotlar va yangi ishlanmalar bo‘limi boshlig‘i Mauritsio Rejianilar berishdi.

“Maksimal darajada samarador tezlashish va tig‘iz vaziyatdan tez chiqish imkoniyatiga ega bo‘lish uchun sizga tezkorlik talab qilinadi. Biz sport yo‘ltanlamasi uchun eng yaxshi tanlov turbolangan dvigatel bo‘ladi, degan qarorga keldik. U yengil va kuchli bo‘lishi lozim”, – dedi Rejiani.

Muhandisning qo‘shimcha qilishicha, ayni paytda yo‘ltanlamas trekda sinovdan o‘tkazilgan, sifatsiz yo‘llardagi testlar esa model ustida keyingi bahorda o‘tkaziladi.

Lamborghini rahbari bergan ma'lumotga ko‘ra, 8 silindrli agregat mutlaqo yangi ishlanma bo‘lib, Volkswagen konsernining boshqa biror brendida qo‘llanmaydi.

Urus ikkinchi avlod Audi Q7 va Bentley Bentayga bilan bir platformada quriladi. Bentley Bentayga 608 ot kuchiga ega 6 l li tvin-turbo dvigatel va 8 pog‘onasi avtomatom quti bilan ta'minlangan. Yo‘ltanlamas 100 km/soat tezlikka 4.1 sekundda chiqadi. Maksimal tezlik — 301 km/soat.

Seriyali Lamborghini Urus 2018 yili Jyenevadagi motorshouda taqdim etiladi. Modelning asosiy bozorlariga Rossiya, AQSh, Buyuk Britaniya, Germaniya va Yaqin Sharq bo‘lishi mumkin. Ishlab chiqarish hajmi – yiliga 3 ming avtomobil. Modelni yig‘ish Italiyada, Lamborghini shtab-kvartirasiga yaqin joydagi (Sant-Agata Boloneze) modernizatsiya qilingan korxonada yo‘lga qo‘yiladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish