Jahon | 19:08 / 02.12.2015
11150
2 daqiqa o‘qiladi

Suratkashlar Sharm ash-Shayxda turistlar oqimining tugashini qayd qilishdi

Rossiya samolyoti bortidagi teraktdan so‘ng Misrda turizm jiddiy zarbaga duchor bo‘ldi. Nafaqat Rossiya, balki boshqa bir qator davlatlar, masalan, Buyuk Britaniya ham turistik mavsumning o‘rtasida aviaaloqani to‘xtatib qo‘ydi. British Airways va EasyJet aviakompaniyalari reyslarni bekor qildi, o‘n minglab rossiyalik turistlar evakuatsiya qilindi.
Suratkashlar Andrea va Magda Misrning kurort qismida bir necha oy turib, Sharm ash-Shayx shahrida turistlar oqimining tugab borishini qayd qilib borishdi. Quyida ularning suratlarini taqdim etamiz.


1. Soxta Sfinks soyasidagi farrosh, bo‘shab qolgan Arabian Nights shou maydoni.


2. Uysiz tuya ovqat qidirmoqda. Turistlarning ko‘nglini ochishda qo‘llangan ko‘p jonivorlar qarovsiz qoldi.


3. Sharmdagi Novotel’ga kirish oldidagi qo‘riqlov punkti.


4. Kimsasiz savdo markazi.


5. Sharm ash-Shayxdagi ko‘plab mehmonxonalar va personal uchun uylar qurilmay qolib ketdi.


6. Qurib bitirilmagan dengizbo‘yi kurorti.


7. Jamoatchilik uchun yopiq botanika bog‘i ishchilari.


8. Bo‘shab qolgan plyaj.


9. Mehmonxonalarning aksariyati birlashib, bitta golf maydonidan foydalanmoqda, eski maydonlar esa qarovsiz qolmoqda.


10. Tomoshabinlarsiz animashou.


11. Mart oyida o‘tgan xalqaro investitsion konferensiya arafasida ko‘p yo‘llar ta'mirdan chiqarilgan edi.


12. Butun sohil turistik infrastruktura obektlariga to‘la.