Fan-texnika | 14:54 / 02.12.2015
10995
2 daqiqa o‘qiladi

Xitoylik rassom tutundan g‘isht yasash usulini ishlab chiqdi

Brother Nut taxallusi ostida ijod qiladigan xitoylik perfomansist rassom o‘zining “Chang loyihasi” doirasida Pekinda changyutkich yordamida smogni so‘rib olib, undan g‘isht yasadida, deya xabar bermoqda The New York Times.

Yosh ixtirochi 100 kun davomida kuchli sanoat uskunasi yordamida shahar havosini so‘rib, atmosferadagi mayda zarralarni bir joyga jamladi. Shundan so‘ng yig‘ilgan changni tuproq bilan aralashtirib, endilikda uni Xitoydagi ekologik inqiroz oqibati sifatida ko‘rsatmoqda.

“Ushbu chang – insoniyat taraqqiyotining salbiy oqibatidir, bu smog va qurilish maydonlari changidan iborat. Men Pekinga birinchi marta kelganimda niqob taqib yurardim, biroq keyinroq buni bas qildim. Bunday smogdan najot yo‘q”, - dedi rassom.
Qayd etilishicha, rassomning “Chang loyihasi” Pekinda so‘nggi yillardagi eng kuchli smog kuzatilayotgan bir vaqtga to‘g‘ri keldi.