Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ostonada poyezdlar yangi vokzal binosi ichiga to‘g‘ri kirib keladi
Qozog‘iston poytaxti Ostonada yashil texnologiyalar bo‘yicha yangi vokzal binosi qurilmoqda, deb xabar beradi “Qozog‘iston temir jo‘li” AJ matbuot xizmati xabar bermoqda.
Xalqaro EKSPO 2017ning ochilishigacha qurib bitirilishi rejalashtirilayotgan obekt shaharning amaldagi vokzali binosidan 11 barobar kattaroq hududni egallaydi. Vokzal kompleksining uzunligi 630 m, bino balandiligi 49.5 m, kengligi 119 m dir.
Ayni paytda poydevor quyish ishlari yakuniga yetgan. Qurilishda 1 300 mutaxassis ishlamoqda.
Loyihaga ko‘ra, poyezd biryo‘la bino ichiga kirib kelishi rejalashtirilmoqda. Shu maqsadda 2 550 m uzunlikdagi metallik estakada barpo etilmoqda. Ayni chog‘da 87 tayanch o‘rnatilib, metallik qurilmalarning 69 foizi (17 300 tonna) o‘rnatilgan.



