Sport | 21:14 / 05.12.2015
6436
1 daqiqa o‘qiladi
Ruminiya chempionatidagi o‘yin vaqtida muxlis darvozabonga tashlandi
Ruminiya chempionatining ikkinchi divizion uchrashuvida noodatiy ko‘ngilsiz voqea sodir bo‘ldi.
«Farul» jamoasining «Funerya»ga qarshi o‘yini vaqtida mezbon muxlislardan biri maydonga tushib kelib, maydon egalarining darvozaboni Aleksandr Gudeyga hujum qilgan.
Muxlis darvozabonni dastlab turtkilay boshlagan va keyin uning yuziga musht tushirgan. Futbolchi esa bu vaziyatda o‘zini bosib olgan holda harakat qilgan va bezorini qattiq kaltaklamagan. Lekin bezori uning bir turtishidanoq gazonga yiqilib tushgan va hakam darvozabonni maydondan chetlashtirgan.