Jahon | 21:31 / 06.12.2015
4611
1 daqiqa o‘qiladi

Buyuk Britaniyadagi suv toshqini sabab mingga yaqin kishi evakuatsiya qilindi

Buyuk Britaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘layotgan “Desmond” bo‘roni sabab mingga yaqin kishini evakuatsiya qildi. Bu haqda OAV xabar bermoqda.

Suvning ko‘tarilishi Angliya shimolida va Shotlandiyaning tumanlarida kuzatilgan.
Mahalliy hukumatning ma'lum qilishicha, yuzga yaqin uy suv ostida qolgan.

Angliya va Shotlandiya o‘rtasidagi temir yo‘l qatnovi ayni vaqta to‘xtatib qo‘yilgan. Ayrim avtomobil magistrallarida ham harakat to‘xtatib qo‘yilgan.

Buyuk Britaniya vaziri Devid Kemeron jabr ko‘rgan tumanlarga armiya tomonidan yordam ko‘rsatilishini ma'lum qilgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish