Jahon | 20:10 / 06.12.2015
65404
4 daqiqa o‘qiladi

Mazkur fotosuratlar millionlab insonlar qalbini to‘lqinlantirgan

Yuz yillikning eng ta'sirli fotosuratlari.

Garold Uitlz ismli bu bola shifokor uning chap qulog‘iga eshitish moslamasini qo‘yganidan so‘ng umrida ilk marta eshitmoqda. 

2011 yilda Hindistonning Kattak shahridagi kuchli suv toshqini paytida jasur yigit mushuklarni qutqarmoqda.

Kardiojarroh 23 soat davom etgan (muvaffaqiyatli) yurak ko‘chirish operatsiyasidan so‘ng. Uning yordamchisi xona burchagida uxlayapti.

Mijoz shifokoridan ham uzoqroq umr ko‘rdi.

Avstriyadagi bolalar uyida yashovchi 6 yoshli bolakay Amerika Qizil Xoch jamiyati tomonidan sovg‘a qilingan yangi poyabzalni sevinib quchoqlamoqda. (1946 yil)

1994 yili Chechenistonda rus askari tashlab yuborilgan fortepianoni chalmoqda.  

Rus askarlari Kursk jangiga tayyorlanishmoqda, iyul, 1943.

“Dada, meni kuting”, Nyu-Vestminster, Kanada, 1 oktabr, 1940.

 

Aroqxo‘r ota va uning o‘g‘li.  

Terri Gurola Iroqdagi 7 oylik harbiy xizmatdan so‘ng qizi bilan ilk marta ko‘rishmoqda.  

Uysiz kishilar Id al-Fitr masjidi oldida bepul tarqatiladigan ovqatni kutishmoqda, Nyu–Deli, Hindiston.

Xristianlar 2011 yili Qohirada yuz bergan qo‘zg‘olon paytida ibodat qilayotgan musulmonlarni qo‘riqlashmoqda.

17 yoshli Yan Rouz Kashmir 1967 yili Pentagon oldida o‘tkazilgan urushga qarshi namoyish vaqtida askarlarga gul taklif qilmoqda.

Rohib poyezd kutib o‘tirib kutilmaganda jon taslim qilgan qariyani duo qilmoqda, ShansiTayyuan, Xitoy.

Frontdosh dugonalar ulardan biri vafot etguniga qadar har yili suratga tushishgan.

Goratsiy Grizli mahbuslikda saqlangan lagerda Genrix Gimmlerga g‘azab bilan tikilib turibdi. Grizli o‘zi sevib qolgan nemis qizi bilan uchrashish uchun lagerdan 200 martadan ortiq qochgan va yana qaytib kelgan.  

Shimoliy koreyalik erkak qo‘lini silkitmoqda, uning Janubiy koreyalik qarindoshi esa yig‘layapti. 2010 yilning 31 oktabrida Janubiy koreyalik 436 kishiga 1950-53 yillardagi urushdan so‘ng ajralib qolgan qarindoshlari bilan ko‘rishishlari uchun Shimoliy Koreyada uch kun turishlariga ruxsat berilgan.

Ikkinchi jahon urushidan so‘ng asirlikda bo‘lgan nemis mahbusi oxirgi marta ko‘rganida bir yashar bo‘lgan qizalog‘i bilan ko‘rishmoqda.  

Shimoliy Koreyada hibsga olingan va 12 yilga majburiy mehnatga mahkum qilingan jurnalistlar Yeuna Li va Lora Ling AQShning diplomatik aralashuvlaridan so‘ng Kaliforniyadagi oilalari bag‘riga qaytishdi.

Marsda kun botish payti

Urush faxriysi Ikkinchi Jahon urushi davrida o‘zi yurgan tankni topdi. Tank shaharlardan biriga yodgorlik sifatida o‘rnatilgan.

Parij fuqarosi Ikkinchi Jahon urushi paytida natsistlar shaharni bosib olishlaridan qayg‘uda.

12 yoshli braziliyalik bolakay o‘qituvchisining dafn marosimida skripka chalyapti. O‘qituvchi musiqa yordamida uning qashshoqlik va zo‘ravonlik changalidan qutulishiga sababchi bo‘lgan.

“Umid qo‘li” – jarrohlik amaliyoti paytida ona qornidagi chaqaloq birdan qo‘lchasini chiqarib jarrohning barmog‘ini ushlab oldi. Jarroh buni kutmagandi.

4 oylik qizaloq Yaponiyada yuz bergan sunamidan mo‘'jiza tufayli omon qoldi. Uni vayronalar orasidan to‘rt kundan so‘ng chiqarib olishdi.