Jamiyat | 13:22 / 14.12.2015
8688
1 daqiqa o‘qiladi
Turkiyalik boyvachchalar sanksiyalar tufayli Rossiyaga o‘tkazilmagan 10 tonna apelsinni sotib olib, kambag‘allarga tarqatdi
Rossiya tomonidan Turkiyaga nisbatan joriy qilingan iqtisodiy cheklovlar natijasida chegaradan o‘tkazilmagan 10 tonna apelsin turkiyalik bir guruh tijoratchilar tomonidan xarid qilinib, kambag‘allarga tarqatib berildi. Bu haqda TRT Haber telekanali xabar bermoqda.
Aktsiya ishtirokchilari bu Rossiyaning sanksiyalariga o‘ziga xos javob bo‘lganini ta'kidlab o‘tishdi.
“Turk xalqi va davlatining qudratini hamma ko‘rishi lozim”, - dedi ulardan biri.